✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 16-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati V. Qurbonov tomonidan “O‘zbekiston” mahallasi Saroy qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son qarori asosida rekonstruksiya qilinayotgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
✅Loyiha doirasida 60 o‘rinli yangi bino barpo etish uchun 2 milliard 340 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
✅O‘rganish davomida qurilish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar pudratchi tashkilot vakillariga ko‘rsatib o‘tildi. Qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatda, sifatli va loyiha talablariga to‘liq rioya qilgan holda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.