35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
✅ Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

✅ Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

🔰 Xalq deputatlari O’rta Chirchiq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya azolari Nasrullayev Nurbek Baxtiyarovich va Radjapov Shuxrat Payg‘ambarovichlar tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi O’rta Chirchiq tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

❇️ O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan tashkiliy ishlar, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi, aholi bilan ishlash tizimi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bo‘lim mas’ullari bilan fikr almashildi.

♻️ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallalarda samarali boshqaruvni ta’minlash, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3