35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
Termiz shahar kengashida haftalik sarhisob: Deputatlar faoliyati tahlil qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari belgilandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova raisligida shahar Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida deputatlarning o‘tgan hafta mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan navbatdagi tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat I.Tangirov ham faol ishtirok etdi.

Yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida shahar deputatlari tomonidan okruglarda olib borilgan faoliyat atroflicha sarhisob qilindi:

Nazorat-tahlil tadbirlari: Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori hamda shahar Kengashi qarorlari ijrosi yuzasidan infratuzilma, yo‘l ta’miri, elektr va ichimlik suvi ta’minoti obyektlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari;

“Mahalla yettiligi” va 24 tavsiya: Shahar mahallalarida “Mahalla yettiligi” faoliyatini 24 ta eng muhim yo‘nalish mezonlari asosida o‘rganish va amaliy ko‘maklashish holati;

Murojaatlar va deputatlik so‘rovlari: Saylovchilar hamda “Ijtimoiy daftarlar”ga kiritilgan fuqarolar murojaatlari, shuningdek, mas’ul idoralarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro samaradorligi va natijadorligi;

OAV va shaffoflik: Deputatlar va kotibiyat faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochiq va shaffof yoritish jarayoni.

Muloqot chog‘ida Kengash raisi D.Normuradova Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Tangirov bilan birgalikda sohada profilaktik va nazorat ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidladi:

"Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va davlat mablag‘larining shaffof sarflanishini ta’minlash — deputatlik nazoratining eng muhim yo‘nalishidir. Har bir doimiy komissiya va deputat o‘z sohasida korrupsion xavf-xatarlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rishi shart."

Yig‘ilish yakunida joriy hafta uchun belgilangan ish rejada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, okruglarda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda Kengash qarorlari ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab olindi.
Slide 1 of 2