35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
#shukuh

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan barcha goʻshalarda boʻlgani kabi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida  “OKMKda Mustaqillik toʻyi” festivali koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

✨ Navbatdagi bayram tadbiri OKMK O‘quv markazi hamda Muhandislik maktabi ahil mehnat jamoalari tomonidan yuksak saviyada tashkil etildi.
🎙 Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi, OKMK qoshidagi O‘quv markazi rahbari Doniyor Karimov barcha shahar ahli va kombinat konchilarini, mutaxassislarni va yoshlarni yaqinlashib kelayotgan eng ulugʻ, eng  aziz bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida mustaqillik yillarida mamlakatimizda va xususan kombinat tizimida erishilgan yutuqlar, malakali kadrlar tayyorlash va yangi davr muhandislarini tarbiyalashning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

🎶Bayram dasturi doirasida yigʻilganlarga manzur boʻladigan turli xil koʻngilochar shoular, intellektual va madaniy loyihalar taqdim etildi. Ayniqsa, “Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari va xushovoz xandandalari tomonidan tayyorlangan shoʻx kuy-qoʻshiqlar, jozibali raslar barchaga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Slide 1 of 6