35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH OLIB BORDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan “Cho‘lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inining “Guzar” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, ko‘chaboshi I.Tojiyev bilan muloqot qilinganda, “Guzar” ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish zarurligini bildirdi.

Mazkur ko‘chada 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashgan. Ko‘cha yo‘lining holatini yaxshilash maqsadida aholi tomonidan hashar yo‘li bilan shag‘al yotqizilgan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik kunlarida hududda harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu bois, ko‘chaning 500 metr qismini asfaltlashtirish nafaqat aholi uchun qulaylik yaratadi, balki maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining turli ob-havo sharoitlarida ta’lim muassasalariga xavfsiz va bemalol qatnab kelishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, tegishli dasturlar orqali ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3