35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
🥩 Bozorda go‘sht mahsulotlari: talab va ta’minot holati ko‘zdan kechirildi

Taxiatosh dehqon bozorida aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📍 Bu galgi o‘rganishning asosiy yo‘nalishi — go‘sht mahsulotlari bo‘ldi.

👥 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlaridan tuzilgan ishchi guruh, jumladan, Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, deputatlar Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich, shuningdek, “Ekspert guruhi” a’zolari tomonidan bozordagi holat bevosita joyida ko‘rib chiqildi.

🔍 O‘rganish jarayonida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talab, savdo rastalaridagi mavjud zaxira, narxlarning shakllanishi va mahsulotlarning xaridorlarga uzluksiz taklif etilayotganiga e’tibor qaratildi.

💬 Savdogarlar bilan suhbatlarda mahsulotga bo‘lgan talab va savdo jarayoni yuzasidan fikrlar olindi. Aniqlangan ma’lumotlar ishchi guruh tomonidan qayd etildi.

📊 Mazkur o‘rganishlar orqali bozorda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarning barqaror ta’minoti va narx-navosi bo‘yicha real holatni aniqlash maqsad qilinmoqda.

⬇️ O‘rganishlar boshqa turdagi asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘yicha ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 1