35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–63-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taklif kiritildi.

Taklif Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida ko‘rib chiqilib, sessiya kun tartibiga kiritish kelishib olindi.

Slide 1 of 1