35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
#Hududlarda_o‘rganish. #Haftalik ish rejaga asosan #Kengash raisi faoliyati #deputat faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani 2–Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Jovliyeva Ravshan hududida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Xo‘jaqiya mahallasiga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyo ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inining joriy faoliyati, hududdagi ijtimoiy muhit hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Kengash raisi tomonidan fuqarolar murojaatlariga mas'uliyat bilan yondashish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish, mahallada obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ta'kidlanganidek, har bir murojaat e'tiborda bo‘lishi, fuqarolarning ishonchini oqlash va mahalla taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4