Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Xaydarova o‘z saylov okrugida Kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov bilan birgalikda fuqarolar murojaatini o‘rgandi.
Istiqlol MFY, Ipak yo‘li ko‘chasi 1-uy oldidagi chiqindi hududida to‘planib qolgan chiqindilarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada murojaat ijobiy yechim topib, hududdagi chiqindilar to‘liq tozalandi.
Fuqarolar murojaatining e’tiborsiz qoldirilmay, amaliy natija bilan yakunlangani — deputatlik faoliyatining xalq manfaatlariga yo‘naltirilganining yana bir amaliy ifodasidir.
Murojaat — e’tiborda, muammo — nazoratda, natija — amalda!
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati