35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.

Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi 19-“Qo'rg'oncha” okrugidan saylangan deputat, Kengash raisi Rustamov Mamir Rajabovich tomonidan ish rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunining 19¹-moddasida belgilangan vakolatlar doirasida Kommunal Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko'p qavatli uy-joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash, umumiy foydalanish hududlarining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda BSK tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur masala yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 7