35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Xitoylik investorlar Uchko‘prik tumanida 25 turdagi kvars oynalari ishlab chiqaruvchi yangi zavod barpo etadi
янв.21
Mergan mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Mergan mahallasida bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Uchko‘prik tumani delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida samarali muzokaralar o‘tkazildi
янв.21
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
янв.21
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi
янв.21
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tomorqadan unumli foydalanish va obodonlashtirish — deputatlik nazoratida
янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
#sessiya
Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi

✅Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan shahar hayotining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar o‘rin oldi.

🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔘Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.

🔘Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🟢Sessiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2