Toshkent shahar hokimi
Sh.Umurzakovning Yunusobod tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi qator hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📍Xususan, Moyqo‘rg‘on va Binkat ko‘chalari kesishmasida joylashgan hudud Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev Abrorxo’ja tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
☘️Hozirgi vaqtda mazkur hududdagi 2,6 gektar yer maydonida “Jamoatchilik ekobog‘i”ni tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda.
🤝Mazkur tashabbus hududni yanada obodlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va topshiriqlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.