Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N. Murodov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jondor tumani kengashi raisi A. Ochilov Nurafshon mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlarini o‘rgandi.
📌O‘rganish davomida mahallada aholi uchun zarur bo‘lgan toza ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Ta’kidlanganidek, toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash aholi turmush farovonligi va sanitariya sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
📌Deputat va mutasaddilar ish jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, quvurlarni yotqizish ishlarining sifatli bajarilishi hamda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.