35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
янв.21
Oilalar totuvligi — jamiyat farovonligining muhim omili
янв.21
O‘tgan haftaning faol deputatlari
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan Uchko‘prik tumanida qiymati 22 million dollar bo‘lgan yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi
янв.21
Mahalla namunali hududga aylantiriladi – obodonlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari
янв.21
Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi
янв.21
Suyultirilgan gaz ta’minoti – aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil
ISSIQLIK STANSIYALARINING TEXNIK VA EKOLOGIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

♨️ ISSIQLIK STANSIYALARINING TEXNIK VA EKOLOGIK HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov boshchiligida bir guruh olimlar hamda loyiha instituti mutaxassislari ishtirokida “Toshkent issiqlik markazi” tizimidagi issiqlik stansiyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida issiqlik stansiyalarining mavjud texnik holati, uskunalarning mavsum davomida barqaror ishlashi, issiqlik ishlab chiqarish quvvatlari va iste’molchilarga uzluksiz issiqlik yetkazib berish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, sovuq kunlarda belgilangan harorat ko‘rsatkichlarini barqaror saqlash va aholining issiqlik ta’minotida uzilishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌡 Shuningdek, kuz-qish mavsumida tashqi havo haroratining pasayishidan kelib chiqib, issiqlik stansiyalarining zarur harorat rejimini doimiy ta’minlash imkoniyati, mavjud texnologik qurilmalarning ish holati va mavsumiy yuklamalarga tayyorligi mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

🔺 O‘rganishning yana bir muhim yo‘nalishi ekologik holat bilan bog‘liq bo‘ldi. Issiqlik ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni nazorat qilish, ekologik talablarning bajarilishi hamda kuz-qish mavsumida havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🗣 Jarayonda olimlar va loyiha instituti mutaxassislari bilan issiqlik stansiyalarining texnik imkoniyatlarini yanada yaxshilash, mavjud qurilmalardan samarali foydalanish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kuz-qish mavsumida isitish tizimining barqaror ishlashi, aholini issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash hamda hududlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari doirasida olib borildi.

📉 Deputat Umid Sanakulov tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan masalalarni tegishli mutaxassislar bilan chuqur tahlil qilish, issiqlik stansiyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini kuchaytirish, texnik nosozliklarning oldini olish hamda ekologik talablar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🤝 Aholini kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik bilan ta’minlash bilan bir qatorda, atrof-muhit musaffoligini asrash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6