Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilotlar hamkorligida dehqon bozori faoliyati hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
🔹 O‘rganish davomida dehqon bozorining sanitariya holati, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ta’mirlash va jihozlash ishlari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga mavjud ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va puxta yakunlash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.