35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari
янв.21
Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi
янв.21
Suyultirilgan gaz ta’minoti – aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida korxonadagi mehnat va ekologik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi
янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
🏘 “YANGI HAYOT” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
🏘 “YANGI HAYOT” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdiganiev Abror Asliddin o‘g‘li, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 17-“Matonat” saylov okrugiga qarashli “Yangi hayot” mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va murojaatlarini o‘rgandilar.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mahallada yechimini kutayotgan muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda bildirilgan taklif va mulohazalar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning har biri alohida o‘rganilib, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

⚖️ Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌿 Aholi murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida!

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 2