35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan Uchko‘prik tumanida qiymati 22 million dollar bo‘lgan yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi
янв.21
Mahalla namunali hududga aylantiriladi – obodonlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari
янв.21
Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi
янв.21
Suyultirilgan gaz ta’minoti – aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida korxonadagi mehnat va ekologik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi
янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish

❗️ XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Sessiyaoldi o‘rganishlarining navbatdagi manzili Chilonzor tumani Botirma mahallasida faoliyat yuritayotgan “YarnTextileFotima” o‘quv va ishlab chiqarish markazi bo‘ldi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tuman Kengashi raisi B. Abdullaeva hamda tuman hokimi o‘rinbosari G. Tulaganova bilan birgalikda markaz faoliyati, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.

📝 Deputatlar markazdagi o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘zdan kechirib, hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar hamda mutaxassislar bilan suhbatlashdi. 2026-yil yanvar oyidan faoliyat boshlagan markazda bugungi kunga qadar 600 nafardan ziyod fuqaro zamonaviy kasb va hunarlarga o‘qitilgani, mashg‘ulotlarda nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ustuvor ahamiyat berilayotgani ma’lum qilindi.

📁 Ayniqsa, kasb-hunarga o‘qitishning keyingi bosqichi — fuqaroni doimiy daromad manbaiga olib chiqish masalasiga e’tibor qaratildi. Markaz faoliyati orqali 28 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlangani qayd etilib, deputatlar ularning ish bilan ta’minlangandan keyingi bandligi, daromad manbaining barqarorligi hamda o‘rgatilgan hunarlarning mehnat bozoridagi talabga mosligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.

⚖️ Mazkur yo‘nalish nazorat-tahliliy savolnoma asosida ham o‘rganildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish masalalarini qamrab oladi. Savolnomada o‘quv dasturlarini tamomlagan yoshlar va xotin-qizlarning keyinchalik amaliy faoliyat boshlashi, ularning tadbirkorlikka jalb etilishi hamda o‘quv dasturlarining amaldagi samaradorligini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

💼 Shu asosda deputatlar “o‘qitish — kasbga ega qilish — bandlikni ta’minlash” tizimining amaldagi natijadorligi bilan qiziqib, markazda ta’lim olgan fuqarolarning qanchasi keyinchalik ish bilan ta’minlanayotgani, xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan savollar berdi.

💡 Shuningdek, xotin-qizlarning mahallalarda bandligini ta’minlash masalasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 650-son qarorida belgilangan mexanizmlar nuqtayi nazaridan ham muhokama qilindi. Savolnomada ushbu yo‘nalishdagi markazlar faoliyati, kasanachilik orqali yaratilgan ish o‘rinlari va buning natijasida xotin-qizlar oilaviy daromadining oshishiga oid ko‘rsatkichlarni tahlil qilish nazarda tutilgan.

📈 Muloqot davomida markaz imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish, o‘quvchilar qamrovini oshirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasb-hunar yo‘nalishlarini joriy etish hamda ishsiz xotin-qizlarni o‘qitish bilan cheklanmasdan, ularning barqaror bandligini ta’minlashga qadar manzilli kuzatib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Doimiy komissiya a’zolarining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha sessiyaoldi o‘rganishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10