35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda
янв.21
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi
янв.21
Deputat yangi piyodalar yo‘lagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan: zamonaviy sharoitlar yaratilayotgan maktab
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy masalalarga tezkor va ijobiy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-Chinor saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayevga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Chinor" mahallasida bo‘lib, nazorat-tahlil va o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida mahallaning ichki yo‘llari holati, elektr va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy muhit atroflicha tahlil qilindi. Muloqotlar davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etildi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda qat'iy ijro intizomini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 10