🛣 ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
✅ 16-«Do‘stlik» saylov okrugidagi «Matonat» mahallasida ichki ko‘chalarning holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ichki ko‘chalar ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘chalarning yo‘l qoplamasi, obodonlashtirish holati hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ–117-son «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida o‘rganildi.
✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.