35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda
янв.21
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi
янв.21
Deputat yangi piyodalar yo‘lagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan: zamonaviy sharoitlar yaratilayotgan maktab
янв.21
O‘zaro hamkorlik uchrashuvi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan yana bir istiqbolli loyiha amalga oshiriladi - Uchko‘prik tumanida litiyli akkumulatorlar ishlab chiqariladi
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 3-Guliston saylov okrugi deputati Z. Domilayev kotibiyat bosh mutaxassislari Z. Yakubova va N. Akbarova hamrohligida saylov okrugidagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida hududdagi boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, jumladan, ichki yo‘laklar (pod’yezlar), uylar atrofidagi maydonlarning tozaligi e’tibor qaratildi.

Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi mazkur masalalar hudud obodonligi va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya holatini yaxshilash, tungi yoritish tizimini ta’minlash va uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi ishlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida Guliston mahallasi B. Marg‘iloniy tor ko‘chasi, 13-uy, 7-xonadonda istiqomat qiluvchi ko‘chaboshi Sh. Mamatsayeva bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘p qavatli uylar va unga tutash hududlarda mavjud holat, aholining kundalik ehtiyojlari hamda hududni yanada obod qilish yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali hududdagi muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va ijrosini nazoratga olish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshiriladigan ishlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 6