35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda
янв.21
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi
янв.21
Deputat yangi piyodalar yo‘lagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan: zamonaviy sharoitlar yaratilayotgan maktab
янв.21
O‘zaro hamkorlik uchrashuvi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan yana bir istiqbolli loyiha amalga oshiriladi - Uchko‘prik tumanida litiyli akkumulatorlar ishlab chiqariladi
янв.21
Mahallada shlakablok ishlab chiqarish deputat o‘rganuvida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati Tursunov Otabek Tojiyevich tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida Sherobod tibbiyot birlashmasiga qarashli Boyqishloq hududiy bo‘limi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🏥 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, hududiy bo‘lim faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatiga;
🔹 aholiga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmati samaradorligiga;
🔹 ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasiga;
🔹 aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, o‘rganish jarayonida mavjud masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
💚 Inson qadri — e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlanadi!

Shu maqsadda deputat Sirojiddin Rustamovning xonadonida bo‘lib, jigar kasalligi tufayli uzoq muddatdan buyon to‘shakka bog‘lanib qolgan bemorning holidan xabar oldi.
👨‍👩‍👦 Bemor va uning yaqinlari bilan samimiy suhbatlashib, uning salomatligi, davolanish jarayoni va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan qiziqildi. Bemorning holati va uni qiynayotgan masalalar tinglanib, oilasining ehtiyojlari ham o‘rganildi. Fuqaroga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, uning holidan xabar olish hamda mavjud muammolarini o‘rganish deputatning inson manfaatlariga yo‘naltirilgan faoliyatining muhim jihatlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3