Qaror ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati, Kotibiyat bosh mutaxassisi Azizbek Erkinov tomonidan Qo‘shko‘pir tumani “Paxtakor” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, G‘azovot nasos stansiyasini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish, xususan, quyosh panellarini o‘rnatish loyihasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyihaning amaliy ahamiyati, energiya samaradorligini oshirish hamda mavjud infratuzilmadan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.