O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi tomonidan “Alpomish” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. Tabirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sevara Abdullayevna Ubaydullayeva ishtirok etdi.
Tashrif doirasida “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududdagi futbol maydonchasining bugungi holati o‘rganilib, holat yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida sport infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zLiDeP dasturida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda mahallalarda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.