35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xitoylik investorlar bilan yana bir istiqbolli loyiha amalga oshiriladi - Uchko‘prik tumanida litiyli akkumulatorlar ishlab chiqariladi
янв.21
Mahallada shlakablok ishlab chiqarish deputat o‘rganuvida
янв.21
“Mustaqillik” mahallasining infratuzilmasi rivojlantiriladi
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi chora-tadbirlar o‘rganildi
янв.21
“Deputat - mahalla ko‘chalarida
янв.21
“Tojik” mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘chalari holati o‘rganildi
янв.21
“Ko‘rbozor” mahallasi - yangi qiyofasi sari taraddud
янв.21
Fuqarolarga soliq to‘lovlari haqida: o‘z vaqtida to‘lansa, qanday xayrli ishlar qilinishi mumkinligi tushintirilmoqda
янв.21
Mahalla ahli hashar yo‘li bilan uyni ta’mirlamoqda
янв.21
Mahallada - obodonlashtirish
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan, Shijoat ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro S.Madaminova tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida kredit ajratish bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat o‘rganilib, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit ajratish masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputat N.Shomatov nazoratiga olinib, kredit ajratish jarayonini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yakunlash hamda fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3