35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mustaqillik” mahallasining infratuzilmasi rivojlantiriladi
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi chora-tadbirlar o‘rganildi
янв.21
“Deputat - mahalla ko‘chalarida
янв.21
“Tojik” mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘chalari holati o‘rganildi
янв.21
“Ko‘rbozor” mahallasi - yangi qiyofasi sari taraddud
янв.21
Fuqarolarga soliq to‘lovlari haqida: o‘z vaqtida to‘lansa, qanday xayrli ishlar qilinishi mumkinligi tushintirilmoqda
янв.21
Mahalla ahli hashar yo‘li bilan uyni ta’mirlamoqda
янв.21
Mahallada - obodonlashtirish
янв.21
"Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi deputat tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi
янв.21
Mahalla - infratuzilma loyihalarini joyiga chiqqan holda nazorat qilinmoqda
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati M. Xudayberganova tomonidan Bog‘ot tumani "Ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholiga bepul dori-darmonlar tarqatilishi" holati o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida poliklinikada bugungi kunda 40 turdagi bepul dori vositalari mavjudligi, ular shifokorlar tomonidan qo‘yilgan tashxis va belgilangan retsept asosida bemorlarga bepul berilishi ma’lum bo‘ldi.

✍ Jumladan, salbutamol, bisoprolol, amlodipin, aspirin, klopidogrel, enalapril, furosemid, varfarin hamda boshqa zarur dori vositalari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, poliklinikada mavjud 28 turdagi dori vositasi 7 turdagi kasallikni davolash va oldini olish maqsadida bemorlarga bepul tarqatilayotgani hamda ushbu jarayon belgilangan tartibda tashkil etilgani aniqlandi.

🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari tomonidan aholining sifatli tibbiy xizmat va dori vositalaridan foydalanish huquqlarini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4