❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulhakim Xushboqovich Aviasozlar mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Muloqot davomida hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika ishlarini manzilli tashkil etish hamda fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰 Uchrashuvda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Kerimov, bosh mutaxassislar D. Ibragimov va A. Alisherov ham ishtirok etdilar.
🤝 Yakunda mas’ul idoralar va mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.