35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Abduroziqova Nasiba Alimovna tomonidan Shirinobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

📌Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy va huquqiy masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan ham alohida suhbat o‘tkazilib, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1