35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazoratida: muammo tezkor bartaraf etildi

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati  Po‘latov Hayrulla Lutpullayevich hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi ishtirokida tuman hududida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

❗️Nazorat davomida Ahmad Yassaviy mahallasi hududida tabiiy omillar ta’sirida manzarali daraxtning shoxi sinib, avtomobil yo‘lining qatnov qismiga tushib qolgani aniqlandi.

Murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari zudlik bilan jalb qilinib, xavfli holat bartaraf etildi hamda harakat xavfsizligi ta’minlandi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 1