35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasining 1-bosqichi boshlandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasining 1-bosqichi – 100 ta mahallani kompleks o‘rganish ishlari rasman boshlandi.

Mazkur loyiha hududlardagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni yagona tizimga keltirish hamda aniq yechimlar ishlab chiqish orqali mahallalarni izchil rivojlantirishga qaratilgan.

🔍 O‘rganishlar davomida Xalq deputatlari, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar olib boriladi:

✅ Infratuzilma:
• ichki yo‘llar holati;
• ichimlik suvi ta’minoti;
• elektr tarmoqlari va transformatorlar;
• tabiiy gaz ta’minoti;
• ko‘chalarni yoritish;
• obodonlashtirish va ekologik holat.

✅ Ijtimoiy soha:
• maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari sharoiti;
• tibbiyot xizmatlari sifati;
• ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
• nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar;
• yoshlar va xotin-qizlar masalalari.

✅ Iqtisodiy rivojlanish:
• aholi bandligi;
• ishsiz fuqarolar bilan ishlash;
• tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari;
• kasb-hunarga yo‘naltirish ehtiyojlari.

📊 O‘rganish yakunlari asosida har bir mahalla bo‘yicha muammolar xaritasi shakllantirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqiladi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinadi.

Slide 1 of 4