Fuqaro murojaati ijrosi nazoratga olindi
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyat mudiri O'.Murodov, Sho'rsoy saylov okrugi deputati S.Bahoviddinov bilan birgalikda Shursoy mahallasida yashovchi fuqaro Zufar Qosimovning murojaati o‘rganildi.
✅ Fuqaro Shursoy MFYning "Yangi ko‘cha" hududidagi ichki yo‘lni asfaltlash masalasini ko‘tardi. Murojaat atroflicha o‘rganilib, mazkur yo‘lni 2027-yilgi dasturga kiritish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan kelishuvga erishildi.
✅ Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.