Sessiya onlayn videoaloqa shaklda o'tkazildi. Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, tegishli tashkilot rahbarlari siyosiy partiya raislari ishtirok etishdi.
✍️Kun tartibida:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 24-iyuldagi VII-47-63-10-147-K/26-sonli qarorining ilovasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida.
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, doimiy komissiya raisining xulosasi eshitildi va qaror tasdiqlandi.
Sessiya yakunida sanoq komissiyasi hamda sessiya kotibining axborotlari tinglandi.
🌐 Ochiqlik va shaffoflik:
Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirda uzatildi.