35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

 FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov tomonidan
o‘zi saylangan Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘inida “Madad” NNT Quva tuman
vakili X.Qodirov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
 

Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilmani
yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kundalik turmushda uchrayotgan
dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
 

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, huquqiy jihatdan asoslangan tushuntirishlar
berildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga
olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli
tashkilotlarga yuborilishi ma’lum qilindi.
  

Slide 1 of 2