35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari

Ma’rifat mahallasi: aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik sari

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son Qonuni talablari asosida xalq deputatlari Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda o‘rganish va nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qonunlarda deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vakolatlari belgilangan.

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, 13-sonli “Umid” saylov okrugi hududidagi Ma’rifat mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, mazkur o‘rganish ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlari, bandlik masalalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda hokim yordamchisining belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

🏘 Ma’rifat mahallasi raqamlarda

✅Ma’rifat mahallasida jami 7690 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 3990 nafari erkaklar, 3700 nafari ayollarni tashkil etadi. Hududning umumiy maydoni 24 gektar bo‘lib, mahallada 2 ta ko‘cha mavjud.
Mahallada 2639 ta xonadon, 2330 ta oila mavjud bo‘lib, hududda 38 ta ko‘p qavatli uy joylashgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Demografik ko‘rsatkichlar

Mahallada:

🔹 0–6 yoshdagi bolalar — 781 nafar;
🔹 bog‘chaga qamrab olinmagan 0–18 yoshli bolalar — 1925 nafar;
🔹 14–30 yoshdagi yoshlar — 1612 nafar;
🔹 60 yoshdan yuqori keksalar — 250 nafarni tashkil etadi.

🤝 Ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar
Mahallada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan:
✅ 380 nafar pensioner, shundan 255 nafari ayollar;
✅ 8 ta boquvchisini yo‘qotgan oila;
✅ 3 nafar yolg‘iz yashovchi keksa fuqaro;
✅ 81 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs mavjud.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar soni 128 nafarni tashkil etadi.

Mahalla hokim yordamchisi tomonidan fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilalar muammolarini o‘rganish va ularning yechimlarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

📌 Xulosa
O‘rganish yakunlari bo‘yicha Ma’rifat mahallasida aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlarini topish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3