35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov hamda tuman deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Fayzliobod mahallasida yangidan barpo etilgan 2-maktabgacha va maktab ta’limi muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning faoliyati yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda jihozlardan samarali foydalanish, hududni obodonlashtirish va ta’lim sifatini yana-da oshirish bo‘yicha ishlarga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida muassasa faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yana-da qulay va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7