📍 Nurobod mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan Nurobod mahalla fuqarolar yig‘ini Anjirzor ko‘chachida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi hamda saylovchilarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Qabul davomida aholi tomonidan infratuzilmani yaxshilash, ichki yo’llarni asfaltlashtirish yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning haqiqiy holatini o‘rganish maqsadida ular joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish xalq vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.