35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G‘.Saitboyev hamda tuman IIB xodimlari tomonidan Otayurt mahallasida yashovchi alohida toifada hisobda turuvchi nizoli oila a’zosi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, mavjud muammolar va kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatning ahamiyati, huquqbuzarlik va turli nizolarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mutasaddilar tomonidan oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish muhim ekani ta’kidlandi.
Profilaktik tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishdan iborat ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida mazkur oila bilan manzilli ishlashni davom ettirish, ularning muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda holatni doimiy nazoratda ushlab turish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 3