35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHIB, HUDUDDAGI DOLZARB MASALALARNI O‘RGANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N. Xasanova hududdagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv Oltinmakon ko‘chasida tashkil etilib, unda ko‘chaboshi Sadbarxon Rustamova hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. Muloqot davomida hududni yanada obod qilish, aholiga qulay sharoit yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, fuqarolar tomonidan transformator holatini yaxshilash hamda ko‘chani asfaltlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Deputat murojaatlarni batafsil tinglab, ularni joyida o‘rgandi hamda masalalarni amaldagi tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3