35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
#_162_ta_qonun Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”

#_162_ta_qonun
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”


Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuni 2020-yil 22-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2020-yil 11-sentabrda Senat tomonidan maʼqullangan.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, samarali davolash va reabilitatsiya qilish, shuningdek, aholining sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat.

Qonunda quyidagi asosiy yoʻnalishlar belgilangan:

narkologik kasalliklar profilaktikasini tashkil etish;
fuqarolarga malakali narkologik tibbiy yordam koʻrsatish;
bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida giyohvandlik va alkogolizmning oldini olish;
davlat organlari, taʼlim muassasalari va jamoatchilikning hamkorligini kuchaytirish.

Sogʻlom turmush tarziga amal qilish, zararli odatlardan voz kechish va profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning salomatligi hamda jamiyat farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Sogʻlom hayot – baxtli kelajak garovi!

Slide 1 of 1