Mazkur o'rganishlar hududlarda e'lon qilingan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida tashkil etilgan bo'lib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichki yo'llarni ta'mirlash, ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish kabi muhim masalalar muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.