35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, tuman hokimi “Katta Oltintepa”, “Temuriylar”,  “Alisherobod”, “Humoyun”, “Katta Qorasuv” mahallalarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, “Alisherobod” mahallasida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar jarayonlarida fuqarolar bilan murojaatlari yuzasidan suhbatlar o‘tazilib, aniqlangan masalalarni tezkor hal etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4