35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat

Olmaliq shahar "Toshkent" mahallasida boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududdagi obodonchilik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Bolalar maydonchalari holati: Hududdagi bolalar o‘yingohining xavfsizligi, jihozlarning sozligi va mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi;
"Yashil makon": Deputatlar tashabbusi bilan mahallani yashillikka burkash, ekologik muhitni yaxshilash maqsadida ekilgan manzarali va mevali ko'chatlarning parvarishi hamda ayni paytdagi holati o‘rganildi.
Ma'lumot uchun: Mazkur o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, 21-okrug deputati Muhiddin Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva ishtirok etishdi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6