35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat

Olmaliq shahar “Hilol” mahallasida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligi va ish yuritish tizimi tahliliy koʻrib chiqildi.

Mazkur oʻrganish jarayonida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda hudud deputati Muhiddin Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva ishtirok etdilar.

✍️Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:

Mahalla tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash holati;
Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlar balansining yuritilishi;
Mahalla idorasidagi mavjud hujjatlar va yuritilayotgan daftarlar holati xatlovdan oʻtkazildi.

Mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash va hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirishdan iborat.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla drayverlarini ishga solish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6