Olmaliq shahar Temur Malik mahallasida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Muhiddin Abdullayev, Mardona Ergashova, Zuhra Pulatova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov ishtirokida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida Prezidentning PF-209-sonli farmoni ijrosiga alohida e’tibor qaratilib, mahalla raisi va hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi.
✔️Mahallada obodonlashtirish ishlari namunali tashkil etilgan.
✍️Hujjat yuritishda oqsoqlik bor, murojaatlar bilan ishlash daftari mavjud emas.
💼Ijtimoiy xodim lavozimi vakantligi va “yettilik”ning boshqa a’zolari yo‘qligi sababli ularning faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni bo‘lmadi.
Obodonlashtirish ishlari ijobiy baholangan bo‘lsa-da, hujjatlar bilan bog‘liq xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.