35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#sessiya

     

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi 38-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.   

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonuniylikni ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishda faol nuroniylarni jalb etish bo‘yicha PQ–405-son qarori ijrosi; 

Tuman prokurorining 2026-yil 1-yarim yilligida qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan axboroti; 

Prezidentning Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axboroti; 

Tumanda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati; 

Ichki ishlar bo‘limining jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha 6 oylik faoliyati; 

Ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti holati yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti; 

     Foydalanilmagan mablag‘larni qayta yo‘naltirish; 

"Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. 

   

Slide 1 of 6