Ta’lim dargohlarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash — doimiy e’tiborda.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda Kotibiyatdan biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Nematullayevalar tomonidan shahardagi 5-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.
Isitish tizimi nazorati: Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida muassasaning issiqlik tizimi holati ko‘zdan kechirildi.
Isitish tizimining samaradorligini oshirish uchun amalga oshiriladigan texnik yuvish ishlarining sifati va reja-grafigi muhokama qilindi.
Moddiy-texnik baza: Maktab direktori bilan muassasaning bugungi kundagi holati, o‘quv xonalarining jihozlanishi va mavjud ehtiyojlar yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Maqsad — qishning sovuq kunlarida ham ta’lim jarayonining uzluksizligi va sinfxonalarda me’yoriy haroratni saqlashni kafolatlashdir.