35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Zuhra Po‘latova, Sevar Qodirova, Abdujabbor Jo‘rayev va Lenura Baydullayeva ishtirokida mahalladagi ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:

✔️PF-209-sonli Farmon ijrosi va talablarining bajarilishi;
✔️Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodimning hamkorlikdagi faoliyati;
✔️Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi va tahlili.

O‘rganish natijasida "Terakli" mahallasida "yettilik" o‘rtasida hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, me’yoriy hujjatlar tartibga keltirilgani aniqlandi. Shu bilan birga, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Maqsad: Mahalla tizimida xalq bilan muloqotni kuchaytirish va muammolarni joyida hal etish.

Slide 1 of 3