35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BILAN IJTIMOIY OB’EKT YANGI DASTURGA KIRITILDI
янв.21
Besh tashabbus olipiadasi - Boks bo‘yicha turnir g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Aholi murojaatlari xalq deputatlari bilan birgalikda hal etilmoqda
янв.21
Boquvchisini yo‘qotgan fuqaro holidan xabar olindi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj – keksalar holidan xabar olindi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
21-DMTT - o‘rganish yakunlari muhokama qilindi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud muammolar o‘rganildi
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — shahar Mahallalar uyushmasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida uyushmaning mahallalar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududlardagi ijtimoiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish va mahalla faolligini oshirish borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi muhokama qilinib, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati hamda mahalla organlari vakolatlarini yanada samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash hamda hududlarni yanada obod qilish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2