Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, mahallada 955 ta xonadon, 1 016 ta oila hamda 4 067 nafar aholi istiqomat qiladi. Bugungi kunda "Ayollar daftari"da 154 nafar xotin-qiz ro‘yxatda bo‘lib, ular bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish davomida 34 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangani, 12 nafari tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitilgani hamda 5 nafar xotin-qiz tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgani yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, 154 ta ehtiyojmand oila bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlar muhokama qilindi.