35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

QORAMANGIT MFYDA YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov tomonidan o‘ziga biriktirilgan saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Qoramangit mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘izor ko‘chasi (yangi qabristonga borish yo‘li)ning holati ko‘zdan kechirildi.

Hududdagi yo‘l infratuzilmasi, fuqarolarning harakatlanish sharoitlari hamda mavjud muammolar o‘rganilib, yo‘lning holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputatlar tomonidan hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yo‘l va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni aniqlash hamda ularning yechimiga erishish maqsadida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Muammo – o‘rganish – yechim tamoyili asosida deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 1