35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Savdo markazlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S. Djumanova tomonidan hududdagi savdo markazlari faoliyati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🏬 O‘rganish davomida savdo markazlarida:
* aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
* savdo qoidalariga rioya etilishi;
* sanitariya va gigiyena talablarining bajarilishi;
* narx-navoning ochiq va shaffof yuritilishi;
* tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🤝 Deputat savdo markazlari rahbariyati hamda tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini tingladi.

📝 O‘rganish natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ochiqlik, tartib-intizom va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1